наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
22:47
"Yevrosiyo go‘zali" 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Yevrosiyo go‘zallik tanlovining 2016 yildagi g‘olibasi 25 yoshli Sibel Demiralpga tovlamachilik va odam o‘g‘irlash ayblari bilan 13 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sibel tovlamachilar to‘dasi bilan aloqada bo‘lgan.

U internet orqali boy zargar bilan tanishadi. Shundan so‘ng yangi tanish qiz bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘ladi. Ayni maqsadda Sibel xonadoniga boradi. Ammo, bu vaqtda uni bosqinchilar kutib turgan edi. Ular zargarga tan jarohati yetkazishdan tashqari, 240 ming lira (45 ming dollar atrofida) ham talab qilishadi. Jabrdiyda aytilgan pulni to‘lab, jonini saqlab qoladi.

Mazkur voqeadan politsiya tezda xabar topib, to‘daning barcha a’zolari, xususan Sibelni ham qo‘lga olgan.

Xabarda qayd etilishicha, tovlamachi to‘daning Sibeldan tashqari boshqa a’zolariga ham uzoq yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1269 | Добавил: MASSARI | Теги: Yevrosiyo go‘zali, odam o'g'irlash, Tovlamachilik, Sibel Demiralp | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]