наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
13:48
Yoshlar ittifoqi a’zoligiga 50 mingga yaqin harbiy qo‘shildi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat olib borayotgan ofitserlar uchun o‘quv-seminarlari tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Mashg‘ulotlarda yoshlarga oid davlat siyosati, Qurolli Kuchlar tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatining maqsad-vazifalari, bu borada xorij tajribasi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mavzularida ochiq muloqotlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining o‘zaro hamkorlikdagi qo‘shma qarori va mazkur tashkilotlar bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 6 ta ikki tomonlama qo‘shma qarorlari tasdiqlandi.

Yoshlar tashkiloti tarixigidagi ilk jarayon bo‘layotganligi bois, ushbu o‘quv-seminarda harbiy ofitserlar uchun yoshlar bilan ishlashning eng zamonaviy metodlari o‘rgatilmoqda.

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasida ish boshlagan boshlang‘ich tashkilotlar orqali Ittifoq qariyb 30 yoshgacha bo‘lgan 50 mingga yaqin yoshlarni birlashtirishni maqsad qilgan.

Seminar o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 180 | Добавил: VerSign | Теги: Yoshlar ittifoqi a’zoligiga 50 ming | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]