Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 116
Гостей: 116
Пользователей: 0
0

Yuqori Chirchiq tumanida avtomobil g‘ildiraklari o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.07.2019
5-iyul kuni Yuqori Chirchiq tumani IIBga ushbu tumanda yashovchi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqarmasining yetakchi muhandisi Aziz Komilov (ismlar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 2-iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib uyi oldida qarovsiz qolgan o‘ziga tegishli Cobalt rusumli avtoulovidan umumiy narxi taxminan 5 million so‘m bo‘lgan 4 ta g‘ildiragini disklari bilan yechib, o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1991-yilda tug‘ilgan O. T va Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1990-yilda tug‘ilgan R. M. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Теги: G'ildirak

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]