Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 137
Гостей: 137
Пользователей: 0
0

Zidan: “Ronalduning oʻrnini toʻldiradigan futbolchi haqida oʻylamayapman”

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 19.03.2019
“Real” jamoasiga Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlandi. Zinedin Zidan dastlab 2016 yil 4 yanvar kuni Rafael Benites oʻrniga “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Zidan qoʻlostida “qirollik klubi” debyut uchrashuvini “Deportivo” klubiga qarshi oʻtkazib, yirik 5:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Fransiyalik mutaxassis boshqaruvida “qaymoqranglilar” oʻyinida oʻsish kuzatilgan va 2016 yil 2 aprel sanasida “Barselona”ga qarshi klasikoda gʻalaba qozonib, jamoani yana LaLiga chempionlik poygasiga qaytara olgan. Oʻsha mavsumda “Barselona” 91 ochko toʻplab, chempionlikni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, “Real” soʻnggi oʻyinga qadar kataloniyaliklarga kuchli raqobat yarata olgan va 90 ochko bilan ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Umuman, Zayniddin Zidan “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatida 149ta oʻyinda qatnashgan. Shularning, 104tasida gʻalaba qozonib, 16tasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yana 29 uchrashuvda esa uning shogirdlari murosa yoʻlini tanlagan. Gʻalaba koʻrsatkichi - 69%.

“Real” bosh murabbiyi va jamoa prezidenti ishtirokidagi matbuot anjumani

“Biz, madridliklar 117 yillik tariximizning eng yorqin bosqichlaridan birida yashadik. Bugun biz Yevropada 1000 kundan ortiq vaqt davomida chempion jamoamiz. Biz qiyin va murakkab davrni boshdan kechirdik, lekin hozir bu muxlislarga qanchalik ogʻir ekanligini bilamiz”, - deya Peres oʻz kirish soʻzida aytib oʻtdi.

“Besh yil ichida 4 marotaba YECHL gʻolibligi amalda takrorlab boʻlmas natija. Bundan faxrlanaman. Bu albatta ”Real“ afsonasiga tegishli, bu abadiy boʻlib qoladi. Biz uchun dunyoning eng yaxshi murabbiyi ”Real“ga qaytdi”.

Zinedin Zidan: “Men bugungi voqelik hamma uchun alohida kun ekanini bilaman va uyga qaytganimdan baxtliman. Jamoaga qaytib kelganimdan xursandman. Klubga qaytib, ”Real“ uchun yana ishlashda davom etaman. Bundan juda baxtiyorman. Ertadan ish boshlaymiz”.

“Bu men uchun katta masʼuliyat. Klub vakillarining barchasi jamoani qattiq sevishadi. Men ham ularning ichidaman. Futbolni sevaman, men ”Real“ libosida koʻp oʻynaganman va koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritganman. Hozir ”Real" bilan erishgan yutuqlarim bilan cheklanib qolmayman. Yana qayta sogʻlom jamoa qurmoqchiman.

“Keyingi yillarda barchasi oʻzgarib ketishi mumkin. Lekin, hozir aytishim kerak boʻlgan narsa shuki, oldimizda 11ta oʻyin bor. Ularning barchasida yaxshi natija koʻrsatib, mavsumni koʻtarinki ruxda yakunlashimiz kerak”, - deydi Zidan.

Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytadimi? Siz qaytdingiz...
- Hozir Ronalduning qaytishi haqida gapiradigan payt emas. Oʻzingiz ham yaxshi tushunib turibsiz, Krishtianu tarixda qoldi. Hech kim buni oʻzgartira olmaydi. Ayni vaqtda bu narsalarni gapirish nooʻrin, deb oʻylayman.

“Ayni damda texnikasi yuqori boʻlgan futbochlilardan tashkil topgan jamoaga ustozlik qilaman. Ortda qolgan 9 oy mobaynida quvvatimni sozlab oldim va oʻz ishlarim bilan shugʻullandim. Hozir ”Real Madrid“ bilan tajriba toʻplashga tayyorman”, - deya fikrlarini davom ettirdi fransiyalik mutaxassis.

“Butun mavsumni kuzatib bordim. Futbolchilar bilan birga boʻlishni xohlayman. Oʻylashimcha, ular birinchi navbatda bu yil juda ogʻir oʻtgani va bu futbolda boʻlib turadigan vaziyat ekanini tushunishlari lozim. Har doim ham gʻalaba qozonib, yaxshi natijalarga erishib boʻlmaydi”.

“Ronalduning oʻrnini toʻldiradigan futbolchi haqida oʻylamayapman. Fikrimcha, bu kun muhim va men qaytganimdan xursandman. Keyingi mavsum uchun kerakli odamlar bilan muhokama yuritishmizga vaqt yetarli. Lekin, hozir qolgan 11 oʻyinni oʻylamoqdaman”, - dedi Zinedin Zidan.

Теги: Zinedin Zidan, Real Madrid

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]