наверх
Главная » 2017 » Iyul » 16 » Zulfiqor Musoqovning yangi filmi uchun Adolf Gitlerga o‘xshash tipaj qidirilmoqda
08:57
Zulfiqor Musoqovning yangi filmi uchun Adolf Gitlerga o‘xshash tipaj qidirilmoqda

Rejissor Zulfiqor Musoqovning ishchi nomi “Berlin — Oqqo‘rg‘on” bo‘lgan yangi filmi uchun fotokasting e’lon qilindi, deb yozadi “Afisha.uz”.

Kasting 14-iyuldan 29-iyulga qadar har kuni o‘tkaziladi. Xabarda talab qilinayotgan tipajlar keltirib o‘tilgan. Bular — 35—45 yoshlardagi tashqi ko‘rinishi Adolf Gitlerga o‘xshash erkak, 16—18 yoshlardagi ozg‘in o‘zbek qiz va 20—24 yoshlardagi ozg‘in o‘zbek yigit hamda 9—14 va 16—21 yoshlardagi yevropacha qiyofali qizlar va 18—23 yoshlardagi yevropacha qiyofali yigit.

Film “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi” tomonidan suratga olinadi. Postanovkachi rejissor va ssenariynavis — Zulfiqor Musoqov, postanovkachi operator — Azizbek Orziqulov.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 217 | Добавил: VerSign | Теги: Zulfiqor Musoqov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]